Prezidentning “O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “Mehnat fahriysi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Hay’at qarori asosida “Nuroniy” jamgʻarmasi vasiylik kengashi, bir guruh senatorlar 1-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirladi.
Taqdirlanganlar orasida:
– Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev;
– Senatning Orol boʻyi mintaqasini rivojlantirish va ekologiya masalalari qoʻmitasi raisi Boʻri Alixonov;
– Senatning Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Bahodir Tojiyev;
– Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dilorom Toshmuhamedova;
– Senatning Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mahmud Parpiev.
Manba: kun.uz