Taniqli Gordone sport kiyimlari brendi CASA Rugby Alliance’ning texnik hamkori va rasmiy liboslar homiysi sifatida e’lon qilindi. Imzolangan kelishuv doirasida brend alyans shafeligida o‘tkaziladigan barcha turnirlarda ishtirok etuvchi jamoalar, hakamlar hay’ati va rasmiy shaxslarni yuqori sifatli o‘yin formalari va sport ekipirovkalari bilan to‘liq ta’minlash majburiyatini oladi.
CASA alyansining faol a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston Regbi federatsiyasi ushbu yangi strategik hamkorlikni samimiy qutlaydi. CASA qo‘mitasi hamda Asia Rugby xalqaro tashkilotiga mintaqada regbi mavqeini mustahkamlash borasidagi doimiy sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirgan holda, federatsiya bunday hamkorlik sport turini yanada rivojlantirish va uning professional kelajagini barpo etishda muhim bosqich bo‘lishini ta’kidlaydi.




