Sport sohasidagi ilm va adabiyotlar bir joyda: JTSBMQTMOI elektron kutubxonasi ishga tushirildi

Sport sohasidagi ilm va adabiyotlar bir joyda: JTSBMQTMOI elektron kutubxonasi ishga tushirildi

Sport sohasi vakillari, murabbiylar, sportchilar hamda ilmiy tadqiqotchilar uchun qulay imkoniyat yaratildi! Endilikda JTSBMQTMOI elektron kutubxonasi orqali sohangizga oid barcha zaruriy ilmiy va o‘quv adabiyotlaridan onlayn tarzda foydalanishingiz mumkin.

Elektron platforma sport ta’limi, mashg‘ulotlar metodikasi va ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida boy resurslar bazasini jamlagan.

📚 Platformada mavjud manbalar va adabiyotlar:

  • Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar — sport turlari bo‘yicha nazariy va amaliy qo‘llanmalar;
  • Monografiyalar va ilmiy maqolalar — sohadagi so‘nggi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar;
  • Xorijiy hamda badiiy adabiyotlar — xalqaro tajriba va mutolaa uchun foydali manbalar;
  • Audio kitoblar — istalgan joyda va vaqtda tinglash uchun qulay formatdagi adabiyotlar.

O‘zingizga kerakli bilim va manbalardan unumli foydalaning hamda ilmiy va kasbiy salohiyatingizni oshiring!

👉 Elektron kutubxonaga o‘tish: kitob.sportedu.uz