O‘zbekiston milliy erkaklar va ayollar terma jamoalari Asia Rugby Emirates Sevens Series 2026 qit’a chempionatining hal qiluvchi — ikkinchi (final) bosqichida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.
Musobaqaning birinchi bosqichi joriy yilning 29–30-avgust kunlari Xitoyning Suchjou shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Birinchi tur yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 8-o‘rinni, erkaklar terma jamoamiz esa 11-o‘rinni egallab turibdi.
Endi esa regbichilarimiz Osiyo reytingida o‘z o‘rinlarini yaxshilash va hal qiluvchi ochkolarni qo‘lga kiritish uchun maydonga tushishadi.
🏆 Musobaqa haqida batafsil ma’lumot:
- Musobaqa nomi: Asia Rugby Emirates Sevens Series 2026 (2-bosqich / Final)
- O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 17–18-oktabr
- O‘tkazilish joyi: Kolombo shahri, Shri-Lanka (Racecourse Ground stadioni)
- Ishtirokchilar: Osiyoning eng kuchli 12 ta erkaklar va 12 ta ayollar terma jamoalari
Sportchilarimizga hal qiluvchi o‘yinlarda omad, mustahkam iroda va yuqori natijalarni tilab qolamiz!



