Regbi bo’yicha istiqbolli rejalar muhokama qilindi
2023-yilning 15-aprel kuni Yoshlar siyosati va sport vaziri o’rinbosari Shaxrillo Mahmudov Rossiya regbi federatsiyasi bosh direktori Pavel Fedorov bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ikki o’zaro hamkor mamlakatning aloqalarini rivojlantirish, sportchilar, murabbiy va hakamlarning malaka oshirish va tajriba almashish kabi masalalar ko’rib chiqildi. Bundan tashqari xalqaro nufuzli musobaqalarni tashkil etishda ham so’z bordi.
Rossiya regbi federatsiyasi bosh direktori Pavel Fedorov o’zbekistonlik regbichilarning qo’lga kiritayotgan yutuqlari va mazkur sport turini ommalashtirishga qaratilgan harakatlarini yuqori baholadi.
Tomonlar yaqin kelajakda amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar haqida kelishib olishdi.