Joriy yilning 25-30 aprel kunlari Mudofaa vazirligi Sport kompleksi va Chirchiq Oliy tank qo’mondonlik-muxandislik bilim yurtining sport majmuasida “O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo’shinlari o’rtasida 9 may «Xotira va qadrlash» kuniga bag’ishlangan regbi-7 turi bo’yicha Respublika turniri o’tkazilmoqda.
Mazkur musobaqani o’tkazishdan asosiy maqsadlardan biri 2019 yil
29 oktyabrdagi «O’zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-4500-sonli qarorning ijrosini ta’minlash, regbini harbiy xizmatchilar orasida yanada rivojlantirish, uni respublika aholisining keng qatlamlari o’rtasida faol targ’ib qilish va ommalashtirish, yuqori sifatli o’quv-mashq jarayonini ta’minlash, harbiy xizmatchilar orasidan regbichi sportchilarni mahorat darajasi va malakasini doimiy oshirib borishdan iborat.
Bundan tashqari ushbu turnir Mudofaa vazirligi tasarrufidagi regbi jamolarining jismoniy xolatini sinovdan o’tkazish, xalqaro va bo’lajak Jaxon chempionatiga Vazirlik terma jamoasini shakllantirishdan iborat.
Chempionatda quyidagi jamoalar ishtiroq etmoqda:
- Janubiy-G’arbiy maxsus harbiy okrug;
- Toshkent harbiy okrug;
- Sharkiy harbiy okrug;
- Markaziy xarbiy okrug;
- Xavo hujumidan mudofaa ko’shinlari va harbiy havo kuchlari;
- O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Аkademiyasi;
- Chirchiq Oliy tank qo’mondonlik-muhandislik bilim yurti jamoalari
Musobaqa g’olib va sovrindorlari tegishli diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi. Bundan tashqari musobaqaning g’olib jamoasiga Kubok topshiriladi.
O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova