Ijroiya qo’mitasi yig’ilishi

Ijroiya qo’mitasi yig’ilishi

Ijroiya qo’mitasi yig’ilishi

15 yanvar kuni O‘zbekiston regbi federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O’RF raisi Sadiq Safaev, O’RF bosh kotibi Qahramon Jalilov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasi (MOQ) bosh kotibi Oybek Kasimov va Ijroiya qo‘mitasining boshqa a’zolari ishtirok etishdi. Ushbu yig’ilishda,  Markaziy Osiyoda regbi sport turini rivojlantirish bo’yicha maslahatchi Anatoliy Shirov kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

Yig’ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi: o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va litsenziyalash, ichki musobaqalarni o‘tkazish, o‘yinchilarning maqomi va ularning bir jamoadan ikkinchisiga o‘tish tartibi, shuningdek navbatdagi hisobot-saylov kunini belgilash.

Dastlabki ikki masala bo‘yicha mavjud vaziyatga tanqidiy baho berildi, regbi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish darajasi pastligi, o‘yinchilar, trenerlar va hakamlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning aniq tizimi mavjud emasligi, musobaqalar o‘tkazilishi ustidan nazorat sustligi qayd etildi. O‘yinchi maqomi va regbi-7 (2014 yilda qabul qilingan) chempionatlari va kuboklarini o‘tkazish to‘g‘risida zamon talabiga javob bermaydigan ma’naviy eskirgan reglamentlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, Ijroiya qo‘mitasiga O’RF mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi mazkur reglamentlarning talablarini yangilash borasida ishlar olib borganligi ma’lum qilindi. Ushbu reglamentlarga kiritilgan asosiy yangiliklar haqida ijroiya etuvchi qo‘mitaga xabar berildi. Shundan so‘ng bir ovozdan ularni tasdiqlash va ishga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

O’zbekiston MOQ bosh kotibi, O’RF Ijroiya qo’mitasi a’zosi Oybek Kasimov Osiyo regbi federatsiyasi prezidenti Janob Kais Al-Dhalay bilan regbi-7 sport turini «Toshkent 2025» yoshlar o’rtasida Osiyo o’yinlari dasturiga kiritish imkoniyatini muhokama qilish uchun suhbatlashganini ma’lum qildi. Bunday imkoniyat borligini va bu haqida Osiyo Olimpiya Kengashiga xabar berilganligini tasdiqladi.

Majlis yakunida O’RF raisi Sadiq Safaev Ijroiya qo‘mitasiga samarali ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi va O’RF navbatdagi hisobot-saylov anjumanini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berdi.