3 dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida regbi-7 bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston regbi federatsiyasi raisi, universitet rektori, Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ochib berdi. U regbi turi O‘zbekiston Universiadasi dasturiga kiritilishi, universitet musobaqada ishtirok etish uchun jamoa tayyorlashi kerakligini ta’kidladi.





Regbi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari master-klassda ishtirok etishdi. Ular Touch regbi formatida ko‘rgazmali o‘yin o‘tkazishdi, shuningdek, “O‘tish” va “O‘tish va qo‘llab-quvvatlash” mashqlarini namoyish qilishdi. Mashqlarda universitet regbichilari ham faol ishtirok etishdi.


Mahorat darsi yakunida universitet sportchilarining keyingi ta’lim va malakasini oshirishda qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga regbi to‘plari topshirildi.
