Vietnam football matchbongdatructiepat any time
Joriy yilning 26-may kuni Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining Sport psixologiyasi bo’limi mutaxassislari tomonidan O’zbekiston regbi federasiyasida bo’lib, regbi sport turi bo’yicha milliy terma jamoa sportchilarиning psixologik tayyorgarligini oshiririshga qaratilgan psixologik seminar-trening tashkil etdilar.
Seminarda sportchilarni psixologik tayyorgarligini oshirish bo’yicha mashg’ulot olib borildi va sportda yutuqlarga erishishda psixologik tayyorgarlikning aktualligi tushuntirilib, ayrim psixologik tayyorgarlik usullari bilan tanishtirildi.
Eslatib o’tish joizki, mazkur seminar-trening O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi «2024 yil Parij shahrida (Frantsiya) bo’lib o’tadigan XXXІІІ yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o’yinlariga O’zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to’g’risida» PQ-5281-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, sportchilarning psixologik tayyorgarligiga e’tiborni oshirish, psixologik ularning tayyorgarligini ta’minlash asoslarini keng targ’ib etish, ularni amaliyotga tadbiq etish maqsadida tashkil etildi.
O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova