O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-oktyabrdagi PQ-4500 «O’zbekiston Respublikasida regbini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» qarori joriy qilingan edi. Ushbu qarorga binoan, iqtidorli yoshlarni tanlash samaradorligini oshirish, o’quv jarayonini sifatli tashkil qilish, yoshlarni sport to’garaklari, seksiyalari va klublariga faol jalb qilish, regbi bo’yicha murabbiylar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimlari, turli xalqaro musobaqalar g’oliblarini rag’batlantirish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash ishlari amalga oshirilib kelyabdi.
Ushbu sport turini rivojlantirishga Navoi shahrida ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 2021 yil 6-7 fevral kunlari Navoiy shahrida Toshkent va Navoiy jamoalari o’rtasida o’rtoqlik uchrashuvlari bo’lib o’tdi.
Sizning e’tiboringizga regbichilarning o’yindan fotosuratlarini taqdim etamiz.