Olimpiada yoʼllanmasini qoʼlga kiritgan sportchilar eʼtiborda boʼladi

Olimpiada yoʼllanmasini qoʼlga kiritgan sportchilar eʼtiborda boʼladi

Olimpiada yoʼllanmasini qoʼlga kiritgan sportchilar eʼtiborda boʼladi

Yoshlar siyosati va sport vazirligining navbatdagi hayʼat yigʼilishida 2024 yili Fransiya poytaxti Parijda oʼtadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʼyinlari va uning tegrasidagi bir qator kompleks musobaqalarga tayyorgarlik holati ham koʼrib chiqildi.
Parij-2024 Olimpiya oʼyinlarining reyting va ball beradigan nufuzli musobaqalarda zarur ochkolarni jamgʼarish, yoʼllanmalarni qoʼlga kiritish sportchilarimiz, sport jamoalarimiz oldida turgan muhim vazifa hisoblanishi bildirildi.

Shuningdek, Toshkent-2025 yoshlar oʼrtasidagi Osiyo va Para Osiyo oʼyinlariga tayyorgarlik hozirdan boʼlishi shartligi taʼkidlandi.
Kelayotgan yilning muhim jihatlarini inobatga olgan holda, 2024 yil uchun respublika va hududiy kalendarь rejalar har tomonlama puxta ishlab chiqilishi zarurligi aytib oʼtildi
Bugungacha Parijda boʼlib oʼtadigan Olimpiya oʼyinlariga 15 ta va Paralimpiyaga 31 ta yoʼllanmalar qoʼlga kiritilganligi, bu jarayon hali davom etishi, lekin vaqt qisqaligini sohaga daxldor rahbarlar unutmasligi kearkligi, Olimpiada litsenziyasi qoʼlga kiritgan sportchilar bilan hududlarda ham individual ishlash, ularning oilalaridan xabar olish ishlarini tashkil etish topshiriqlari mutasaddilarga yuklatildi.

Manba: https://minsport.uz/