O’zbekiston chempionatida O’zMu amaliyotchilari

O’zbekiston chempionatida O’zMu amaliyotchilari

Chempionat davomida o’rgatilgan malakaviy saboqlar

2023-yilga mo’ljallangan “Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi”ga asosan, 7-10 iyun kunlari regbi-7 bo’yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Millliy Universitetining sport maydonida O’zbekiston chempionatining III tur musobaqalari bo’lib o’tdi. Musobaqada hakamlik hay’atiga biriktirilgan hamda malakaviy amaliyotni o’tayotgan O’zbekiston Millliy Universitetining “Taekvando va sport faoliyati” fakulteti “Sport faoliyati-regbi” yo’nalishining 1-bosqich talabalari faol ishtirok etdi.

Chempionat jarayonida amaliyotchi talabalar regbi o’yinida hakamlik qilish asoslari, bosh hakam, hakamlar va kotib vazifalari bilan bevosita tanishib, hakamlik hay’atining ish hujjatlarini o’rganib chiqdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan