29 noyabr 2020 yilda har yilgi bo’ladigan Osiyo regbi ittifoqi Kengash majlisida, O’zbekiston Regbi Federatsiyasi bosh kotibi Qahramon Djalilov Osiyo regbi ijro qo’mitasi a’zoligiga qaytadan 4 yil muddatga saylandi.
Q. Djalilovning saylovoldi dasturidagi bandlardan biri bu Markaziy Osiyo regbi zonasini yanada rivojlantirish, barcha yosh toifalari bo’yicha musobaqalar sonining ko’payishi, MDH davlatlari va uzoq xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirish edi.
Qayta saylanganligini sharhlar ekan, Qahramon Djalilov quyidagilarni ta’kidladi: “Ushbu voqea xalqaro regbi hamjamiyatidan O’zbekistonda ushbu olimpiya sport turini rivojlantirishga yuqori e’tibor va ishonchni namoyish etadi. Bu, shuningdek, O’zbekiston Prezidenti tomonidan 2019 yilda tasdiqlangan O’zbekistonda regbi sportini rivojlantirish bo’yicha hukumat dasturining qabul qilinganligi uchun minnatdorchilik ifodasidir”.
Ijroiya qo’mitaga O’zbekistondan tashqari Janubiy Koreya, Tayland, Xitoy, Eron va Livandan vakillar saylandi.