Фeдeрация рeгби Узбeкистана

O’zbekiston regbi Federatsiyasi va O’zRTX birjasi rahbarlari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

2020 yil 24 dekabr kuni O’zbekiston regbi Federatsiyasida O’zbekiston regbi Federatsiyasi va O’zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi rahbarlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. O’zbekiston regbi Federatsiyasi Raisi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining Birinchi o’rinbosari Safoev Sodiq Solixovich, O’zbekiston regbi Federatsiyasi Bosh kotibi Qahramon Hakimovich Djalilov, O’zRTX boshqaruv raisi, O’zbekiston regbi Federatsiyasi Ijroiya qo’mitasi a’zosi Badriddinov Ziyoviddin Bositovich va  O’zRTX boshqaruv raisi o’rinbosari Prokudina Kristina Aleksandrovna ishtirok etgan muzokaralar chog’ida kelajakdagi hamkorlikning ko’p qirrali masalalarini va 2021 yilga mo’ljallangan rejalarini muhokama qilindi.

Uchrashuv natijasida 2021 yil 6 mart kuni Toshkent shahrida 18 yoshgacha bo’lgan qizlar o’rtasida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlab regbi musobaqasini o’tkazishga qaror qilindi.


Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan