Shavkat Mirziyoyev: „Yurtning yuksak ishonchi va umidini to’la oqlash, unga munosib bo’lish dunyodagi eng ulug‘ baxtdir“

Shavkat Mirziyoyev: „Yurtning yuksak ishonchi va umidini to’la oqlash, unga munosib bo’lish dunyodagi eng ulug‘ baxtdir“

Ayni paytda Respublikamiz bo’ylab “Yoshlar Forumi” o’tkazilazotganidan xabaringiz bor. Prezident Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, mamlakatimizda birinchi bor o’tkazilayotgan ushbu anjuman bilan tabrikladi.

Prezidentimiz ushbu tadbir davomida mamlakatimiz yoshlarining Yangi O’zbekiston taraqqiyoti uchun naqadar katta rol o’ynashini ta’kidlab o’tdi. Yoshlar – O’zbekistonning eng katta boylgi, bebaxo xazinasi ekani yurtboshimizning ushbu tadbirdagi nutqida o’z aksini topdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev o’z nutqida san’at, adabiyot, sport sohalarini rivojlantirish bo’yicha vazifalarga ham to’xtalib o’tdi.

Yaqinda mamlakatimiz sport hayotida quvonchli yangilil bo’ldi. Osiyo Olimpiya Kengashining qaroriga ko’ra, 2025 – yilda Yoshlar o’rtasidagi Osiyo o’yinlariga Toshkent shahri mezbonlik qilishi belgilandi. Bu musobaqada Osiyo qit’asidagi 45 ta davlat yoshlari 20 ga yaqin sport turi bo’yicha o’zaro bellashadi.

–  Bunday nufuzli xalqaro sport o’yinlarining O’zbekiston tarixida birinchi marotaba o’tkazilishi barchamizga faxr-iftixor bag’ishlaydi, albatta. Shu bilan birga, u bizga g’oyat katta mas’uliyat ham yuklaydi. Mana,sizlar kabi navqiro va azamat yoshlarning o’z kuch va mahoratini ko’rsatib, Vatanimiz bayrog’ini yuksakka ko’tarishlari uchun yana bir zo’r imkoniyat, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ushbu sport bayramini yuksak saviyada o’tkazish, Osiyo o’yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo’yicha tuman, shahar, viloyat va respublika chempionatlari, “Hokim kubogi” musobaqalarini tashkil etish yuzasidan ko’rsatmalar berildi.

– Yurtimizda yosh avlodning jismoniy va ma’naviy yetuk bo’lib ulg’ayishi, jumladan. Ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida “Sog’lom turmush tarsi” electron platformasi ishlab chiqilmoqda. Piyoda va velosipedda yurishga mo’ljallangan “Salomatlik yo’lakalri” barpo etilmoqda, – dedi davlat rahbari.

Keyingi yillarda mahallalarda tashkil etilgn sport maydonchalari yoshlarning sevimli maskaniga aylandi. Bu ishlar davom etishi aytib o’tildi. Ayni paytda, maktav sport zallaridan darsdan tashqari vaqtlarda ham unumli foydalanish choralari ko’riladi.

Manbaa: president.uz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan