O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va O’zbekiston regbi Federatsiyasi o’rtasida memorandum imzolandi

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va O’zbekiston regbi Federatsiyasi o’rtasida memorandum imzolandi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-oktyabrdagi PQ-4500 «O’zbekiston Respublikasida regbini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» qarori joriy qilingan edi. Ushbu qarorga binoan, iqtidorli yoshlarni tanlash samaradorligini oshirish, o’quv jarayonini sifatli tashkil qilish, yoshlarni sport to’garaklari, seksiyalari va klublariga faol jalb qilish, regbi bo’yicha murabbiylar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimlari, turli xalqaro musobaqalar g’oliblarini rag’batlantirish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash ishlari amalga oshirilib kelyabdi.

Ushbu sport turini rivojlantirishga O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shunday qilib, universitet rektori Boltabaev Mahmudjon Rustamovich tashabbusi bilan o’z tarixida birinchi bor ushbu sport turi bo’yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydigan «Regbi» fakultetini ochdi. Hozirda kirish imtihonlarini topshirib universitetda tahsil olayotgan talabalar soni 21 nafarni tashkil qiladi.

Ushbu sport turini yanada va samarali rivojlantirish maqsadida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Boltabaev Mahmudjon Rustamovich va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o’rinbosari, O’zbekiston Respublikasi regbi Federatsiyasi prezidenti Safoev Sodiq Solihovich bilan O’zbekiston regbi Federatsiyasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Bundan tashqari, uchrashuvda O’zbekiston regbi Federatsiyasining Bosh kotibi Qahramon Djalilov, regbi jamoasi bosh murabbiyi Danil Kulikov, gandbol, tennis, badminton nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Shuhrat Tulyaganov va universitet matbuot kotibi Anvarbek Jumaniyozovlar ishtirok etdilar.

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Boltabaev Mahmudjon Rustamovich va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o’rinbosari, O’zbekiston Respublikasi regbi Federatsiyasi prezidenti Safoev Sodiq Solihovich o’rtasidagi uchrashuv yakunlari bo’yicha mamlakatda regbini rivojlantirish bo’yicha hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi. Memorandumga ko’ra, regbi sport turini yoshlar o’rtasida ommlashtirish, ayollar regbi sport turini rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni izlab toppish va universitet regbi jamoasini tuzish bo’yicha universitet va federatsiya hamkorlik qiladi.

Memorandum imzolangandan so’ng, O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti universiteti rektori, professor Boltabaev Mahmudjon Rustamovich va O’zbekiston regbi Federatsiyasi prezidenti Safoev Sodiq Solihovich kitob va regbi to’pini esdalik sovg’a sifatida bir birlariga sovg’a qilsihdi.


Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan