Joriy yilning 25-26 noyabr kunlari Yangiyo‘l shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab regbi-7 bo‘yicha 2004-2007 va 2007-2009 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida ochiq birinchilik bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan 6 ta jamoa ishtirok etib, ularning vakillari o’zlarining eng yaxshi jismoniy va ruhiy fazilatlarini, shuningdek, jamoa ruhini namoyish etishdi.
Ochiq birinchiligi yakunlariga ko’ra, sovrinli o’rinlarni quyidagi jamolar g’oliblikni qo’lga kiritishdi:
2004-2007 yillarda tug’ilgan jamoalar o’rtasida:
1. “Spartak-1” (Toshkent viloyati, Yangiyo‘l)
2. “Spartak-2” (Toshkent viloyati Yangiyo‘l)
3. Bars (Toshkent)
2007-2009 yillarda tug’ilgan jamoalar o’rtasida:
1. “BARS” (Toshkent)
2. “Spartak” (Toshkent viloyati, Yangiyo‘l)
3. “Semya” (Toshkent)
Muallif:
O‘zbekiston Respublikasi
Regbi Federatsiyasining
Matbuot kotibi
M. Abdumalikova