O’zMUda mashg’ulotlar jarayoni
O’zbekiston regbi federatsiyasi va O’zbekiston Milliy Universiteti (O’zMU) boshchiligida regbi bo’yicha mashg’ulotlar boshlandi.
Ushbu mashg’ulotlarda O’zMU “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetidan talabalar ishtirok etishmoqda.
Olib borilayotgan mashg’ulotlardan maqsad, talabalar bilimini mustahkamlash, texnik-taktik va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish bo’lib, mashg’ulotlarda birinchi, ikkinchi va uchinchi kurs talabalari ishtirok etishmoqda.
Mashg’ulotlar milliy terma jamoa bosh murabbiy D. Kulikov va murabbiylar A. Gulomov va I. Mamajonovlar boshchiligida olib borilmoqda.