23 may kuni Toshkent shahrida Krasnitskiy nomidagi stadionda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qorovul qo‘shinlarining regbi-7 bo‘yicha ichki chempionati bo‘lib o‘tdi. Chempionatda 9 ta jamoa – 7531-sonli, 7532-sonli, 7533-sonli, 7534-sonli, 7535-sonli, 7536-sonli, 7551-sonli, 7552-sonli, 7553-sonli harbiy qismlarning jamoalari ishtirok etdi.
7534-sonli XQ jamoasi chempion, 7531-sonli XQ jamoasi ikkinchi, 7563-sonli XQ jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Chempion va sovrindorlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Musobaqaning bosh hakami – Rustam Nabiev, komissar – Egor Lebed, maydondagi hakamlar – Vladimir Pavlenko va Artem Izmailov.