1823 yil 7 aprel’ kuni Londondan 300 km uzoqlikda joylashgan Regbi shahrida Vaterloo jangining sakkiz yilligini nishonlash paytida shahar nomi bilan ataladigan o‘yin paydo bo‘ldi. Shu sababli, 7 aprel’ kuni barcha regbi ishqibozlari uchun muhim sana hisoblanadi.
Bugun regbi o‘zining 200 yilligini nishonlamoqda, shu munosabat bilan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston regbi federatsiyalari ushbu ajoyib o‘yinning barcha muxlislariga sovg‘a qilishdi!