Joriy yilning 3-6 oktyabr kunlari Katmandu shahrining (Nepal) Dasarat Rangasala o’yin g’ohida regbi-7 bo’yicha Osiyo chempionatining erkaklar va ayollar jamoalari o’rtasida Trofi tur musobaqasi o’tkazildi. Mazkur nufuzli musobaqada regbi bo’yicha O’zbekiston erkaklar va ayollar milliy terma jamoalari ishtirok etdi. Ushbu musobaqa 2028 yilda Los Anjelesda bo’lib o’tadigan yozgi Olimpiya o’yinlariga saralash bosqichi hisoblanadi. Bizning terma jamoalarimiz kuchli raqiblar Shri Lanka, Xitoy Taypey, Qozog’iston, Hindiston, Filippin, Bahrayn, Guam terma jamoalari bilan o’ynadi.
Ikki kunlik o’yinlar natijasida erkaklar terma jamoamiz 14 ta jamoadan 4-o’rinni, ayollar jamoamiz esa 6-o’rinni egalladi.
Turnirda hakamlar sifatida O‘zbekiston vakillari Yuliya Ignatenko va Vladimir Pavlenko.
Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo’mitasi, federatsiya rahbariyati va muxlislarimizga katta minnatdorchilik bildiramiz.