Regbi-7 bo’yicha O’zbekiston chempionati yakunlandi

Regbi-7 bo’yicha O’zbekiston chempionati yakunlandi

2020 yil 13-15 noyabr kunlari Farg’ona shahrida regbi-7 bo’yicha O’zbekiston chempionatining II bosqichi bo’lib o’tdi va turnir yakuniga k’ora chempionlar aniqlandi. Regbi sport turini respublika hududlari orasida ommalashtirish maqsadida O’zbekiston regbi federatsiyasi rahbariyati ushbu musobaqani II turini Farg’ona davlat universiteti sport stadionida o’tkazishga qaror qabul qildi.

Ochilish marosimida Farg’ona viloyati hokimining o’rinbosari F.Qosimov, Osiyo regbi vakili (Osiyoda regbi rivoji bo’yicha maslahatchi) Benjamin van Royen, shuningdek boshqa tegishli tashkilotlarning vakillari ishtirok etishdi.


Ushbu musobaqada 20 nafar erkak va ayol jamoalari ishtirok etishdi, ularning umumiy tarkibida 400 nafar sportchi bor. Chempionat yakunlariga ko’ra erkaklar jamoalari o’rtasida O’zbekiston Milliy universiteti terma jamoasi – Universitet jamoasi, ayollar jamoalari o’rtasida Toshkentning «Turkiston Linch» jamoasi chempion bo’ldi.

O’zbekiston regbi federatsiyasi barcha ishtirokchilarga, mehmonlarga va tashkilotchilarga ushbu musobaqani o’tkazishda izchillik va professionallik uchun o’z minnatdorchiligini bildiradi. Shuningdek, biz musobaqa g’oliblarini tabriklaymiz va ularga kelajakda yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan