Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Namangan viloyati Pop tumanidagi 2-sonli sport maktabi maydonida 20-23 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan regbi-7 U-14 o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Ushbu start natijalariga ko’ra chempion va sovrindorlar aniqlandi. Taqdirlash marosimida medal sohiblariga diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Taqdirlash marosimida Pоp tumani sport maktabi direktori va Pоp tumani hokimi ham ishtirok etib, taqdirlash marosimida ishtirok etdilar.

Chempionatda 18 ta jamoa ishtirok etdi: 10 ta erkak jamoalar va 8 ta ayol jamoalar.

Qizlar o’rtasida joylar taqsimlandi:

1-o‘rin: Namangan-1

2-o‘rin: Qoraqalpog‘iston-1

3-o‘rin: Xorazm

4-o‘rin: Toshkent viloyati

5-o‘rin: Navoiy

6-o‘rin: Qoraqalpog‘iston-2

7-o‘rin: Namangan-2

8-o‘rin: Andijon

O’g’il bolalar o’rtasida joylar taqsimlandi:

1-o‘rin: Namangan-1

2-o‘rin: Toshkent viloyati

3-o‘rin: Toshkent

4-o‘rin: Xorazm

5-o‘rin: Andijon

6-o‘rin: Navoiy

7-o‘rin: Farg‘ona

8-o‘rin: Qoraqalpog‘iston

9-o‘rin: Jizzax

10-o‘rin: Namangan-2

Taqdirlash marosimi yakunida Pоp tumani rahbariyati tomonidan O‘zbekiston regbi federatsiyasi hakamlariga ham qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.