Regbi-7 bo’yicha O’zbekiston chempionatining III tur o’yinlari yakunlandi

Regbi-7 bo’yicha O’zbekiston chempionatining III tur o’yinlari yakunlandi

Regbi-7 bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining III tur o’yinlari bo‘lib o‘tdi

O’zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yilga mo’ljallangan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga asosan, regbi-7 bo’yicha 7-10 iyun kunlari Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek nomidagi  O’zbekiston Milliy Universitetining sport maydonida O’zbekiston chempionatining III tur o’yinlari bo’lib o’tdi.

Ushbu chempionatda erkaklar jamoalaridan: O’zMU-1, O’zMU-2, O’zMU-3, Xorazm, Toshkent terma jamoasi, Farg’ona, Navoiy, O’zDJTSU-2, JDPU (Jizzax), Andijon, THO-1 (Toshkent harbiy okrug), THO-2 jamoalari qatnashishdi.

Ayollar jamoalaridan: Qoraqalpog’iston, O’zDJTSU-1 (Tosh.vil), O’zDJTSU-2 (Tosh.vil), Xorazm, Xorazm klub, O’zMU (Toshkent), jamoalari faol ishtirok etishdi.

Uchinchi tur bo’yicha o’rinlar va ochkolar quyidagicha taqsimlandi:

Erkaklar jamoalari o’rtasida:

O’rinlarJamoalarOchkolar
1O’zMU-172
2Xorazm66
3Toshkent terma59
4O’zMU-254
5Navoiy36
6-7Farg’ona34
6-7O’zMU-334
8Qoraqalpog’iston32
9THO-128
10O’zDJTSU-223
11SHHO20
12JDPU (Jizzax)19
13JIDU14
14Andijon13
15JHU12
16THO-26
17-18IIV5
17-18O’zDJTSU-15
19-21O’zMU-43
19-21Sirdaryo3
19-21Samarqand3

Ayollar jamoalari o’rtasida esa:

O’rinlarJamoalarOchkolar
1Qoraqalpog’iston78
2O’zDJTSU-169
3Xorazm56
4O’zDJTSU-252
5O’zMU52
6Namangan32
7JDPU (Jizzax)26
8Farg’ona24
9Farg’ona14

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan