U20 Kubogi

U20 Kubogi

O’zbekiston U20 Kubogi

22 oktyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumani sport maktabi stadionida regbi-7 bo’yicha og’il va qiz bolalar o’rtasida U20 Kubogi bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqalarda Toshkent shahri, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Namangan, Xorazm, Farg’ona, Sirdaryo va Navoi viloyatlaridan sportchilar faol qatnashib, yutuqli o’rinlarni qo’lga kiritishdi.

Musobaqalar natijalariga ko’ra og’il bolalar o’rtasida birinchi o’rinni Toshkent shahar jamoasi, ikkinchi o’rinni Farg’ona viloyati va uchinchi o’rinni Namangan viloyati sportchilari qo’lga kiritishdi. Qizlar o’rtasida, birinchi o’ringa Namangan viloyati jamoasi ega bo’ldilar, ikkinchi o’rinni Qo’raqalpog’iston Respublikasi jamooasi va uchinchi o’rinni Xorazm viloyati sportchi qizlari egallashdi.