Regbi bo’yicha «Olti millat» ayollar kubogi koronavirus pandemiyasi sababli qoldirildi. Ushbu qaror musobaqa tashkilotchilari tomonidan qabul qilindi, deb xabar beradi Sky Sports. 20 yoshgacha bo’lgan jamoalarning turnirlari ham qoldirildi.
Tashkilotchilar o’z bayonotlarida ushbu musobaqani shu yilning bahorida yoki yozining boshida o’tkazishni rejalashtirganliklarini aytdilar. O’tgan yilning noyabr oyida xuddi shu sababga ko’ra musobaqa yakunlanmay qolgan edi.
Manba: sport-express.ru