O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining “Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2023 yil respublika kalendar’ rejasi”ga asosan joriy yilning 8-16 mart kunlari Sandakan shahrida (Malayziya) regbi-7 bo‘yicha Xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari boshlandi.
Mazkur Xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari 17-19 mart kunlari Sandakan shahrida (Malayziya) bo‘lib o‘tadigan “Borneo Sevens” Xalqaro turniriga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘tkazilmoqda.
Regbi-7 bo‘yicha erkaklar va ayollar O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolarining texnik va taktik tayyorgarligini mustahkamlash orqali 2023 yilda bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqalarga, shu jumladan Xitoyning Xanchjou shaxrida o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish vazifasini o‘tadi.
“Borneo Sevens” Xalqaro turnirida Xitoy Taypey, Malayziya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Tailand milliy terma jamoalari ishtirok etishi rejalashtirilgan.