Tug‘ilgan kuningiz bilan, Qahramon Hakimovich!

O‘zbekiston Regbi Federatsiyasi Federatsiyaning bosh kotibi, Osiyo Regbi Federatsiyasi (Asia Rugby) Ijroiya qo‘mitasi a’zosi – Jalilov Qahramon Hakimovichni tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
Hurmatli Qahramon Hakimovich, butun jamoamiz, hududiy federatsiyalar, murabbiylar va sportchilar nomidan Sizga mustahkam sog‘liq, farovonlik va barcha boshlagan ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Cheksiz optimizm va quvvat doimo Sizga hamroh bo‘lsin.
Biz Sizning professionalligingiz, mas’uliyatingiz va O‘zbekistonda hamda butun Osiyo qit’asida regbining rivojiga qo‘shayotgan beqiyos hissangizni yuksak qadrlaymiz.
Barcha g‘oyalaringiz hayotga tatbiq etilsin, yangi cho‘qqilar esa ishonch va ilhom bilan zabt etilsin. Ishonamizki, Sizning yetakchiligingiz ostida regbi yangi yutuqlar, g‘alabalar va imkoniyatlarga erishadi!
