Xorazm viloyatiga tashrif yakunlari

Xorazm viloyatiga tashrif yakunlari

Xorazm viloyatiga tashrif yakunlari

2025-yil 20–22-may kunlari O‘zbekiston regbi federatsiyasi bosh kotibi Qahramon Jalilov ishchi tashrif bilan Xorazm viloyatiga bordi.

Tashrifning asosiy maqsadlari — yoshlar o‘rtasida regbi-7 sport turini ommalashtirish, ushbu olimpiya sport turini ta’lim tizimiga integratsiya qilish va talabalar sport harakatini shakllantirishdan iborat. Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida talabalar jamoalarini tuzish, muntazam musobaqalar, murabbiylar uchun seminarlar tashkil etish va Xorazm viloyatida regbi-7 bo‘yicha to‘garaklarni rivojlantirish belgilandi.

Ushbu maqsadlarga erishish yo‘lida Qahramon Jalilov viloyatdagi bir qator muhim ta’lim muassasalariga tashrif buyurdi:

  1. Urganch davlat universiteti
  2. Urganch pedagogika universiteti
  3. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali
  4. Bog‘ot tumanidagi Olimpiya zaxiralari va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktab-internati

Tashrif davomida oliy ta’lim muassasalari va maktablar rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mintaqada regbi sportini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi hamda hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolandi.

Ushbu memorandumlarda talabalarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sport musobaqalari va boshqa tadbirlar tashkil etish hamda regbi-7 bo‘yicha to‘garak va seksiyalar ochish muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur kelishuvlar Xorazm viloyatida regbini rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratadi va yangi avlod sportchilarini shakllantirishga xizmat qiladi.