Joriy mavsum Viktor Vitoning faoliyatidagi so’nggisi bo’ladi.
35 yoshli La Rochelle regbichi L’Equipe nashriga bergan intervyusida o’zini jismonan charchaganini va oilasi bilan ko’proq vaqt o’tkazishni xohlashini tan oldi.
Vito “Hurricanes” tarkibida Superregbida 100 ta o‘yinda maydonga tushdi va ikkita Jahon kubogi (2011 va 2015) g‘olibi bo‘lgan Yangi Zelandiya terma jamoasi safida 33 ta o‘yin o‘tkazdi. 2017 yilda Viktor Top 14 taligida yilning eng yaxshi regbichisi deb topilgan.
Manba: rugger.info