Harbiy kuchlar o’rtasida regbi musobaqasi o’z nihoyasiga yetdi.

Harbiy kuchlar o’rtasida regbi musobaqasi o’z nihoyasiga yetdi.

Harbiy kuchlar o'rtasida regbi musobaqasi o'z nihoyasiga yetdi.

                      
2020 yil 5-dekabr kuni Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining regbi-15 kubogi final uchrashuvi bo’lib o’tdi, unda O’zbekiston Respublikasining turli xil xarbiy tuzilmalaridan 10 ta jamoa ishtirok etdi. «MHSK» va «Jasorat» jamoalari o’rtasidagi qiziqarli o’yin 22:20 hisobida «Jasorat» foydasiga hal bo’ldi.

Dastlab, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov va MOQ Prezidenti Rustam Shoabdurahmonov ochilish nutqi bilan chiqish qildilar. Janob Qurbonov va janob Shoabdurahmonovlar mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus doirasida sport musobaqalarini, shu jumladan regbi musobaqalarini o’tkazish muhimligini ta’kidladilar. Shuningdek, ular musobaqa finalchilariga omad tiladilar.

O’yindan so’ng taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi, unda MOQ Prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, MOQ raisining o’rinbosari Azizjon Komilov va MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov, O’zbekiston regbi Federatsiyasi Birinchi Vitse-prezidenti – O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o’rinbosari Alisher Narboev, O’zbekiston regbi Federatsiyasi Bosh kotibi Qahramon Djalilov, O’zRTX birjasi raisi Badriddinov Ziyoviddin ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda sport tadbirlarini o’tkazish yosh avlodni sog’lom turmush tarziga undash uchun muhim yo’nalish hisoblanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan