O’zbekistonda ilk marotaba talabalar ligasi musobaqalari bo’lib o’tadi

O’zbekistonda ilk marotaba talabalar ligasi musobaqalari bo’lib o’tadi

Joriy yilda O’zbekiston regbi federatsiyasi «Talaba» sport Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda sportning barcha turlari orasida ilk marotaba O’zbekiston oliy o’quv yurtining erkak va ayol jamoalari o’rtasida Regbi-7 musobaqasi boshlanadi.

Musobaqalar 4-5 noyabr kunlari ayollar jamoalari o’rtasida o’tkaziladi va erkaklar jamoalari o’rtasida 6-7 noyabr kunlari o’tkaziladi.

Ayollar jamoalari o’rtasida 12 ta Oliy o’quv yurtidan talabalar ishtirok etadi va erkaklar jamoalari o’rtasida esa 15-16 ta Oliy o’quv yurtidan talabalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Musobaqa Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti sport majmuasi stadionida bo’lib o’tadi.