
Bugun, 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston regbi federatsiyasi raisi Safayev Sodiq Salixovich tavallud ayyomini nishonlamoqda.
O‘zbekiston regbi federatsiyasi sizni 71 yoshingiz bilan tabriklaydi!
Sizning sport rivojiga qo‘shgan fidokorona xizmatingiz, mamlakatimizda regbi rivojiga qo‘shgan hissangiz bizni yangi marralar sari ruhlantirmoqda. Sizning dono rahbarligingizda o‘zbek regbisi jadal rivojlanib, sportchilarning yosh avlodi yuksalish uchun kuchli turtki bo‘lmoqda.
Sizga mustahkam sog’liq va O’zbekiston farovonligi yo’lidagi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston regbi federatsiyasi
