Regbi talabalari uchun nazariy va amaliy seminar oʻtkazildi

Regbi talabalari uchun nazariy va amaliy seminar oʻtkazildi

2026-yil 24-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi hamda O‘zbekiston regbi federatsiyasi hamkorligida regbi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun nazariy va amaliy seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston regbi federatsiyasining bosh hakami va tajribali murabbiylari ishtirok etib, talabalarga zamonaviy regbi qoidalari, hakamlik faoliyati, musobaqalarni tashkil etish hamda o‘yin jarayonida yuzaga keladigan bahsli vaziyatlarni baholash bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Mashg‘ulot davomida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar regbi qoidalarining amaliy qo‘llanilishi, hakamlarning vazifalari, texnik-taktik harakatlarni baholash va musobaqa jarayonidagi turli vaziyatlar yuzasidan mutaxassislarning tavsiyalari bilan tanishdilar.

Shuningdek, seminar davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar bilan fikr almashdilar.

Bunday mashg‘ulotlar bo‘lajak murabbiy va hakamlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ta’lim jarayonini amaliy tajriba bilan boyitish hamda regbi sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.