O‘zbekiston regbi federratsiyasi rahbariyati bilan JICA va Yaponiya elchihonasi vakillari o‘rtasida ucharshuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston regbi federratsiyasi rahbariyati bilan JICA va Yaponiya elchihonasi vakillari o‘rtasida ucharshuv bo‘lib o‘tdi

2020 yil 1 iyul kuni O’zbekiston regbi federatsiyasining ofisida O’zbekiston regbi federatsiyasi prezidenti Sodik Safoev va JICA vakolatxonasi rahbari Takasaku Muneo va Yaponiyaning O’zbekistondagi elchisining o’rinbosari janob Atsushi sudi o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

S. Safoev mamlakatlarimiz o’rtasidagi madaniy-gumanitar sohadagi aloqalar izchil rivojlanib borayotgani uchun yapon tomonga o’z minnatdorchiligini bildirdi, erishilgan yutuqlarni qayd etdi. Uchrashuvda Yaponiya va O’zbekiston o’rtasidagi sportni, shu jumladan regbini ommalashtirish va rivojlantirish sohasidagi hamkorlikning yangi yo’nalishlari muhokama qilindi. JICA va Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari va shartlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda JICA, Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasi, O’zbekiston regbi federatsiyasi va Osiyo regbi ittifoqi vakillari ishtirok etdilar. JICA delegatsiyasi tarkibiga vakolatxona rahbaridan tashqari JICAning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining o’rinbosari Takemura Yoshimasa va JICAning O’zbekistondagi ko’ngillilar dasturlari koordinatori Odilxon Hasanov kirdi. Regbi federatsiyasi tomonidan uchrashuvga Bosh kotib Qahramon Jalilov va regbi federatsiyasining vitse-prezidenti Timurbek Hikmatullayev, Osiyo regbi ittifoqi tomonidan, Markaziy Osiyo bo’yicha vakili Anatoliy Shirov ishtirok etdilar.


Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan