2020 yil 30 avgust kuni Navoyi shahrida Regbi-7 bo’yicha Toshkentning «Oila» va «Navoiy» jamoalari o’rtasida o’rtoqlik uchrashuvi bo’lib o’tdi. Navoiy shahridagi regbi federatsiyasiga taklif va samimiy qabul uchun, shuningdek, barcha tashkilotchilarga regbi bilan do’stona muhit uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Epidemiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurashish bo’yicha hukumatimizning maqsadga muvofiq qarorlari kelib chiqib, sportchilar bunday o’rtoqlik uchrashuvlarini o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Eslatib o’tamiz, sanitariya-epidemiologiya qo’mitasi talablari va asosiy standartlariga rioya qilish sog’liqni saqlash xavfsizligining kafolati bo’lib, unga regbichilar to’liq amal qilishadi.