Mamlakatimizda regbini yanada rivojlantirish, respublika aholisining keng qatlamlari, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasining harbiy tuzilmalari o’rtasida ushbu sport turini faol ravishda targ’ib qilish va ommalashtirish maqsadida 27 noyabrdan 5 dekabrgacha regbi-15 bo’yicha Mudofaa vaziri kubogi bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.
Turnirda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqalar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Musobaqa Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti va Markaziy Harbiy Sport Klubi maydonlarida o’tkaziladi.
Bunday musobaqalarni o’tkazish nafaqat o’quvchilarning mahorat darajasi va malakasini oshirish uchun qulay muhit yaratibgina qolmay, balki COVID-19 pandemiyasi davrida sport ishlarini bosqichma-bosqich tiklash uchun muhim qadamdir.