O’zbekiston regbi federatsiyasi majlislar zalida 9 iyul kuni videokonferensiya bo’lib o’tdi va unda Janubiy Koreyaning regbi vakillari ishtirok etishdilar. Uchrashuvda Toshkentdan Koreya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi harbiy attashesi, polkovnik Pak An So, elchixona kotibi Kan Yu Min, regbi bo’yicha murabbiy Yon Kwan U, O’zbekiston regbi federatsiyasi bosh kotibi Qahramon Jalilov, O’zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi sport markazi boshlig’i podpolkovnik Mansur Mamadaminov, O’zbekiston regbi federatsiyasi OFP murabbiyi Asad G’ulomov, Markaziy Osiyo bo’yicha regbi Osiyo Ittifoqi maslahatchisi Anatoliy Shirov, Seuldan Koreya mudofaa vazirligi, iste’fodagi podpolkovnik Pak Hyu Chol, Koreya milliy regbi terma jamoasi murabbiyi Kim Gu Sen.
Videokonferensiyada ikki mamlakat regbi federatsiyalari o’rtasidagi hamkorlik, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi mudofaa idoralari o’rtasida sport sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar Koreya Respublikasi mudofaa vazirligi regbi komandasining O’zbekiston Respublikasi xavfsizlik tuzilmalari regbi jamoalari bilan do’stona uchrashuvlar o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish rejalarini tasdiqladilar. Jamoaning tashrifi 2021 yil 13-22 avgust kunlari bo’lib o’tadi.