Tokio -2020 Olimpiadasida gender tengligi

Tokio -2020 Olimpiadasida gender tengligi

2020 yilgi Olimpiya o’yinlariga mezbonlik qilish uchun Tokio saylanganidan beri, XOQ gender masalalarini normal xolatga keltirish choralarini kora boshladi. Shu munosabat bilan, Olimpiadada ayollar huquqlarini himoya qilish uchun bir nechta qoidalar kiritildi:

• XOQ birinchi marta barcha 206 Milliy olimpiya qo’mitalaridan har bir terma jamoalarga kamida bitta ayolni ishtirokchi sifatida kiritishni so’radi.

• Ayol va erkak sport turlarini bir xilda efirga uzatish

• XOQ sportchilar komissiyasi, Tokio o’yinlari ishtirokchilarining huquqlarini himoya qiladi, ular 11 ayol va olti erkakdan iborat

• XOQda ayollar soni 37,5%gacha oshdi. Ijroiya qo’mitasida – 33,3%gacha. 1980 -yillarga qadar qo’mitada ayollar umuman yo’q edi

• 2004 yildan ayollar sporti bo’yicha komissiya faoliyat ko’rsatmoqda. Olimpiya Xartiyasida aytilishicha, XOQ ayollarni teng huquqlari uchun kurashmoqda.

Ular hamma joyda muvozanatni qo’lga kiritishni xohlashdi va buni uddalashdi. Olimpiya o’yinlari tarixida birinchi marta ayol ishtirokchilar soni (51%) erkak ishtirokchilar sonidan oshdi (49%). Bu yangilik qarama -qarshi jinsdagi o’yinlarning sifati borasida ko’plab tortishuvlarga sabab bo’ldi va ommaviy axborot vositalarida keng tarqaldi.