Namangan shaxrida regbi-7 bo’yicha viloyat birinchiligi bo’lib o’tdi

Namangan shaxrida regbi-7 bo’yicha viloyat birinchiligi bo’lib o’tdi

Namangan shaxrida To’raqo’rg’on tumani 2-sonli bolalar-o’smirlar sport maktabida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab regbi-7 bo’yicha viloyat birinchiligi bo’lib o’tdi.

Musobaqa 16-17 yoshli o`smir yigit va qizlar o’rtasida bo’lib o’tdi.

Ochiq birinchiligi yakunlariga ko’ra, yigitlar jamoalari o’rtasida g’oliblik va sovrinli o’rinlarni quyidagi jamolar qo’lga kiritdi: 

  1. To’raqo’rg’on jamoasi
  2. Kosonsoy1 jamosi
  3. Kosonsoy2 jamosi

Ochiq birinchiligi yakunlariga ko’ra, qizlar jamoalari o’rtasida sovrinli o’rinlar quyidagi jamolar g’oliblikni qo’lga kiritishdi: 

  1. Turakurgon2 jamoasi
  2. Turakurgon1 jamoasi
  3. Chust tumani jamoasi

Ushbu tadbir davomida qizlar jamoasi sportchilari 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yigitlar jamoalari sportchilarni va murabbiylarini tabrikladi va musobaqa yakuniga ko’ra jamolar diplom bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston regbi Federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova