JICA vakillari bilan uchrashuv

JICA vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 9 fevral kuni O’zbekiston regbi Federatsiyasida O’zbekistonda JICA (Japan International Cooperation Agency)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda JICA tomonidan ko’ngillilar dasturi bo’yicha koordinatorlar Shimmye Naoki va Odilxon Hasanov, O’zbekiston regbi Federatsiyasi tomonidan Bosh kotib qahramon Jalilov, Osiyo Rugby tomonidan Markaziy Osiyo vakili Anatoliy Shirov ishtirok etdi.

Uchrashuvda Yaponiyadan regbi bo’yicha trener-ko’ngillilarni 2 yil muddatga jalb qilishning tashkiliy masalalari, tadbirlar rejasi, O’zbekistonda mavjud kovid vaziyat va kovidga qarshi ko’rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Yaponiyalik murabbiyning kelishi shu yilning iyul oyida kutilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu Yaponiyadan JICA bilan hamkorlikda ishlayotgan uchinchi ko’ngilli trener bo’ladi. Bungacha O‘zbekistonga yaponiyalik mutaxassislar Yu Xakuba va Yamamoto Tadaaki jalb qilingan edi.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova