«Zoom» – viloyat Federatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

«Zoom» – viloyat Federatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 10 fevral kuni «Zoom» platformasida Federatsiya hududiy boshqarmalari rahbarlari va Markaziy Osiyodagi Asia Rugby vakili bilan onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.

Onlayn uchrashuvni O‘zbekiston regbi Federatsiyasi bosh kotibi Qahramon Jalilov o‘tkazdi.

Uchrashuvda regbi bo’limida 2022-2023 o’quv yili uchun mintaqaviy Olimpiya zaxiralari kollejlarida qabul kvotasi uchun ariza berish masalalari muhokama qilindi. Viloyat federatsiyalariga mazkur masalani puxta ishlab chiqish va o’z takliflarini O’zbekiston regbi Federatsiyasiga ariza shaklida taqdim etish vazifasi qo’yildi.

Onlayn yig‘ilishda “Asia Rugby”ning Markaziy Osiyodagi vakili Anatoliy Shirov ham so‘zga chiqib, O‘zbekistonda regbi bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan o o’smirlar o’rtasida U-20 Osiyo chempionati (o‘g‘il bolalar va qizlar) o‘rtasida 20 yoshgacha bo‘lgan regbichilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini o‘tkazish bo‘yicha rejalashtirilvotkani haqida yig‘ilish ishtirokchilariga ma’lumot berdi.

Onlayn yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Federatsiya Bosh kotibi kun tartibiga kiritilgan masalalarni o‘rganish va takliflar kiritish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

O’zbekiston regbi Federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova

Het is verkrijgbaar in merk- en generieke vorm. U kunt het online en in apotheken kopen Bimatoprost.