Regbi bo’yicha Milliy terma jamoa bosh murabbiyisi D.A Kulikovning 2022 yil 15-25 fevral kunlaridagi o’quv-mashg’ulot yig’inining hisoboti

Regbi bo’yicha Milliy terma jamoa bosh murabbiyisi D.A Kulikovning 2022 yil 15-25 fevral kunlaridagi o’quv-mashg’ulot yig’inining hisoboti

Hisobot haftasida sportchilar bilan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

15 fevral kuni sportchilar asosiy zarba mikrotsiklini boshladilar, mashg’ulot yuklamasi 85-90% gacha oshirildi. Sportchilarni vitaminlash va ekipirovka masalalari hali ham hal etilmagan. 21 fevral kuni sportchilarni tayyorlash tendentsiyasini xolis skrining qilish uchun navbatdagi test sinovi o’tkazildi.

Xulosa: avvalgi hisobotda aniqlangan muammolar, ya’ni :

  1. Dukent oʻrta togʻlarda joylashgan boʻlib, hudud shamolli boʻlib, sportchilarda tegishli jihozlar yuq masalan (shamol va namlikdan himoyalovchi kiyim) yoʻqligi, oʻtkir respirator virusli infeksiyalar bilan kasallanish holatlari tez-tez uchrab turadi, bu esa sportchilarning sport formasining pasayishiga olib kelishiga sabab bolmoqda.
  2. Sportchilarning jismoniy tayyorgarligi oshishi bilan immunitet pasayganligi sababli, asosiy muammo vitaminizatsiya kamligi hisoblanadi .

Yuqoridagi muammolar hali ham hal etilmagan.