Regbi terma jamoasi shifokori S.Meleshchenkoning 2022-yil 15-28-fevraldagi tahliliy hisoboti

Regbi terma jamoasi shifokori S.Meleshchenkoning 2022-yil 15-28-fevraldagi tahliliy hisoboti

Regbi Milliy terma jamoasi shifokori S. Meleshchenkoning tahliliy hisoboti

Hisobot haftasida, shifokorning ish rejasiga muvofiq, sportchilar bilan quyidagi ishlar amalga oshirildi :

Har kuni «Yangiobod»o’quv bazasida o’quv mashg’ulot yig’inlarida bo’lgan sportchilarning jismoniy va ruhiy holati baholanadi.

Regbi bo‘yicha ayollar va erkaklar terma jamoalari yig‘inida ishtirok etayotgan 32 nafar sportchiga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.

O’quv jarayonida joylarda sanitariya-gigiyena sharoitlari va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib borilmoqda, shuningdek, atrof-muhit omillarini hisobga olgan holda sportchilarning jismoniy ish faoliyatini yaxshilash uchun ichimlik suvini rejimiga rioya etilishi nazorat qilinmoqda.

Vitaminlash  bo’yicha  sporstmenlarga farmprofilaktika sifatida ushbu dorilar bilan  muolaja qilindi (aevit va askorbin kislotasi) va qonning reologik xususiyatlarini yaxshilash uchun (aspirin) sportchilarga ichirildi.

Hozirgi vaqtda mashg’ulotlarga qarshi ko’rsatmalarga ega bo’lgan jarohatlangan sportchilar yo’q. Mashg’ulotlar standart rejimda, jamoalar to’liq tarkibda o’tkazilmoqda.

O’quv-mashg’ulot yig’inlari paytida antikovid profilaktikasi har kuni amalga oshiriladi va sportchining tana haroratini 3 marta o’lchash, virusli infektsiyani oldini olish choralari bo’yicha tushuntirish va targ’ibot ishlari va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish (qo’llarni tez-tez yuvish) shaklida amalga oshiriladi, antiseptiklardan foydalanish va o’quv jarayonidan tashqari niqob taqishga rioya etilmoqda).

Xulosa: hozirgi vaqtda sportchilarning psixosomatik ko’rsatkichlari normal, yuqumli va yallig’lanish kasalliklari belgilari, shuningdek, jamoada jarohatlar qayd etilmagan.