Joriy yilning 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikromov O‘zbekiston regbi federatsiyasiga tashrif buyurib, mamlakatimizda regbini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida regbi federatsiyasi rahbariyati bilan poytaxt va viloyatlarda regbi rivojlanishi, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, murabbiylar va hakamlar tarkibini malakasini oshirish, iqtidorli sportchilar bilan seleksiya ishlari va yuqori yutuqlar sportini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, federatsiya 2022-yilda Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlariga sportchilarni tayyorlash maqsadida terma jamoalarning mashg‘ulotlar jarayonini takomillashtirish rejalarini ham taqdim etdi.
Uchrashuv yakunlarini sarhisob qilar ekan, vazir o’rinbosari Sh.Mahmudov, vazirlik bo’lim boshlig’i N. Mahmudov va Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori J. Akramov O’zbekistonda regbi yanada rivojlantirish, federatsiya faoliyatini qo’llab-quvvatlash bo’yicha o’z takliflarini bildirib, yuzaga kelayotgan muammolarni o’z vaqtida hal etish bo’yicha yaqin hamkorlik rejalarini belgilab olishdi.
O’zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova