Regbi kuniga bag’ishlangan GIR festival

Regbi kuniga bag’ishlangan GIR festival

Joriy yilning 2 aprel kuni Toshkent shahridagi sport va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida “4 aprel – Regbi kuni”ga bag‘ishlangan bolalar GIR festivali bo‘lib o‘tdi.

GIR festivali O‘zbekiston Regbi federatsiyasining Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi hududiy bo‘limlari hamkorligida tashkil etildi.

Ushbu festivalda Toshkent shahri va Yangiyo‘l shahar bolalar jamoalari hamda “Oila”, “Milliy universitet jamoasi”, “Jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi” jamoalari ishtirok etdi.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova