O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlandi

O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlandi

4 apreldan – 18 aprelga qadar regbi-7 bo’yicha yoshlar terma jamoasining o’quv-mashg’ulot yig’inlari bo’lib o’tadi.

O‘quv mashg’ulot yig’inlari Angren shahridagi “Yangiobod” Respublika o‘quv bazasida o‘tkazilmoqda.

Ushbu o‘quv mashg’ulot yig’inlari joriy yilning dekabr oyida Shantau (Xitoy) shahrida bo’lib o’tadigan 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar o’rtasidagi Osiyo chempionatiga va o’smirlar o’rtasidagi Osiyo o’yinlariga tayyorgarlik ko’rishga qaratilgan.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova