O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 oktyabrdagi «Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-4500-sonli hamda 2021 yil 18 maydagi «Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ–5114-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 18 aprel kuni O’zbekiston regbi federasiyasi rahbariyati hamda O’zbekiston Milliy Paralimpiya qo’mitasi rahbariyati uchrashuvi o’tkazildi.
Uchrashuv davomida o’zaro hamkorlik qilish bo’yicha ikki tomonlama memorandum imzolandi. Mazkur hamkorlikning maqsadi jismoniy imkoniyatlari cheklangan va nogironligi bo’lgan shaxslar o’rtasida para regbi sport turini yanada rivojlantirish, ular o’rtasida sport bilan shug’ullanuvchilar qamrovini oshirish va bu borada tizimli ishlarni joriy qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda manfaatdorligini inobatga olib, ushbu yo’nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish hamda qo’yilgan maqsadlarga erishish.
O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova