Rugby-7 erkaklar jamoalari o’rtasida» talabalar ligasi » boshlandi

Rugby-7 erkaklar jamoalari o’rtasida» talabalar ligasi » boshlandi

Toshkentda har yili erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha “Talabalar ligasi” o‘tkaziladi.

Ushbu turnir 14-15 may kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti stadionida bo‘lib o‘tadi.

Turnir oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Talabalar sporti assotsiatsiyasi va O’zbekiston regbi federatsiyasi ko’magida tashkil etildi.

Mazkur turnirni o‘tkazishdan asosiy maqsad oliy ta’lim muassasalari talabalarining regbiga qiziqishini oshirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada mustahkamlash, talaba-yoshlar orasidan yosh iqtidorli sportchilarni saralab olish, ularning kasbiy mahorat va ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek talaba yoshlarni sportga doimiy jalb etishga qaratilgan sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish.

Turnirda quyidagi jamoalar ishtirok etadi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (Chirchiq), O‘zbekiston Milliy universiteti (Toshkent), Nukus davlat pedagogika instituti (Nukus), Milliy gvardiya Harbiy-texnika instituti (Toshkent), Urganch davlat universiteti (Urganch), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (Toshkent).

Bizni kuzatib boring va biz sizga o’yinlar natijalari haqida xabar beramiz.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova