Rеgbi-7 erkaklar jamoalari o’rtasida «Talabalar ligasi» bo’lib o’tdi

Rеgbi-7 erkaklar jamoalari o’rtasida «Talabalar ligasi» bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Milliy universiteti stadionida erkaklar jamoalari o‘rtasida regbi-7 bo‘yicha talabalar ligasi bo‘lib o‘tdi.

Unda respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalaridan sportchi talaba-yoshlar ishtirok etdi.

O’yinlar natijalariga ko’ra ushbu turnirdagi o’rinlar quyidagicha taqsimlandi:

1-o‘rin – O‘zbekiston Milliy universiteti (Toshkent)

2-o‘rin – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (Chirchiq)

3-o‘rin – Urganch davlat universiteti (Urganch)

4-o‘rin – Nukus davlat pedagogika instituti (Nukus)

5-o‘rin – Milliy gvardiya Harbiy-texnika instituti (Toshkent)

6-o‘rin – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (Toshkent)

G‘oliblarga turnir tashkilotchilarining esdalik sovg‘alari va diplomlari topshirildi.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi matbuot kotibi M. Abdumalikova